한국   대만   중국   일본 
Abdug?ani Abdullayev - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Abdug?ani Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdullayev Abdug?ani
Tavalludi 25-iyun 1953-yil
Vafoti 18-dekabr 2017-yil ( 2017-12-18 )
(64 yoshda)
Fuqaroligi O?zbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Abdug?ani Abdullayev (1953.25.6, Farg?ona viloyati ) ? yog?och o?ymakori, O?zbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999). Usta Q.Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi ?Farg?ona“ choyxonasi, Xalqlar Do?stligi saroyi, ?Zarafshon“ restoranidagi o?ymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983-yildan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xo?jayev nomidagi teatr (Guliston shahri) binosi uchun 20 dan ortiq o?ymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar (Farg?ona, Isfara shahri), ?Muborak“ restorani (Toshkent), Qarshi teatri va boshqa binolari uchun noziq islomiy o?yma naqshlar bilan bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasiaati yog?och o?ymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassajuft yopish, o?ymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon bo?ldi (1998), Shuningdek Bahouddin Naqshbandmaqbarasida (Buxoro viloyati), restavratsiyasiya, yog?och o?ymakorligi ishlarini bajarilgan, Qatag?on qurbonlari muzeyi (Toshkent), Xotira xiyoboni, majmua qurilishida ishtirok etgan. Burxoniddin Marg?inoniy (Farg?ona viloyati)[2][3][4]. Toshkentdagi ?Xotira maydoni“ (1999)dagi ayvonlarning o?yma naqshli ustunlarini milliy me?morlik an?analari asosida yuksak mahorat bilan bezadi. 1973-yildan xalqaro ko?rgazmalarda badiiy asarlari bilan qatnashadi. [1] Abdug‘ani Abdullayev yo‘qolib borayotgan naqshlarning noyob turlarini tiklash bilan shug‘ullangan, yangi uslublarni amaliyotga joriy qilgan. 1999 yilda Abdug‘ani Abdullaevga O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi unvoni berilgan (1999). 2006 yil 25 avgustda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan[5][6].

Abdug‘ani Abdullayev 2017-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida vafot etdi[2].

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



§