한국   대만   중국   일본 
Boyondur - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Boyondur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boyondur , boyundur ? qipchoqpar , o?g?uzlar , shuningdek turkmanlar tarkibiga kirgan turkiy qabila . O?g?uzlar tarkibidagi B.larning bir qismi 12-asrda jan. rus dashtlariga ko?chib kelib rus yilnomalarida berendeylar nomi bilan mashhur bo?lganlar. Ular bijanaklar va torklar ittifoqi tarkibida 12-asr 1-yarmidagi Rusning vassali hisoblanganlar. Torklar ruslar tomonidan tormor keltirilgach, B.lar ulardan ajrab chiqib, aksariyati rus knyazlari xizmatiga kirgan. B.larning soni tork va bijanaklarning umumiy sonidan ham oshiq bo?lgan, shu tufayli ular yilnomalarda tez-tez uchraganlar. B.lar siyosiy jihatdan ancha faol bo?lganlar, 12-asr o?rtalariga kelib bijanaklar, torklar va B. yagona ittifoq ? chernie klobuki ( qoraqalpoqpar ) ittifoqiga birlashganlar. Saljuqiylars &n sulton Sanjar davrida o?g?uz udumlariga qat?iy rioya etilgan: harbiy qo?shinning so?l qanotiga qo?mondonlik qilish B. va bijanak qabilalari vakiliga topshirilgan. Turkmanlarning B. qabilasi Oq qo?yunlilar sulolasiga asos solgan. Oq qo?yunlilar davlati zamonasida ( 14-asr oxiri ? 16-asr boshlari) Dada Qo?rqut haqida doston yaratilgan, unda barcha o?g?uzlarning xoni deb Boyondurxon ismi keltirilgan. Abulg?oziy Bahodirxoning yozishicha, B.lar Iroqsa ham yashaganlar.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil