한국   대만   중국   일본 
Shimoliy urush - Vikipediya

Shimoliy urush (1700-21) - Rossiya (Shimoliy Ittifoq tarkibida)ning Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urushi. Narva ostonasidagi mag?lubiyat (1700) dan keyin Pyotr I armiyani qayta tuzdi. Boltiq flotini barpo etdi. 1701?04 yillarda rus qo?shinlari Fin qo?ltig?i sohillarida mustahkamlanib olib, Derpt, Narva va boshqa istehkomlarni egalladi. 1703-yil Sankt-Peterburgga asos solindi; u Rossiya imperiyasining poytaxtiga aylandi. 1708-yil Rossiya hududiga bostirib kirgan shved qo?shinlari Lesnaya yaqinida mag?lubiyatga uchradi. Poltava jangi (1709)da Shvetsiya butunlay tormor etildi va Karl XII Turkiyaga qochdi. Boltiq floti Gangut (1714), Grengam (1720) va boshqalar joylarda g?alabaga erishdi. Nishtadt sulh shartnomasi (1721) bu urushga yakun yasadi. Unga ko?ra, Liflyandiya ( Riga bilan birga), Estlyandiya ( Revel , Narva bilan birga), Kareliyaning bir qismi (Keksgolm bilan birga), Ingermanlandiya (Ijor yeri), Ezel va Dago o.lari Rossiyaga o?tdi. Rus qo?shinlari tomonidan bosib olingan Finlandiya yerlarining ko?p qismi Shvetsiyaga qaytarildi. Rossiya Shvetsiyaga 2 mln. yefimka (pul birligi) miqdorida tovon to?ladi, har ikki davlat o?rtasidagi savdo munosabatlari tiklandi.