한국   대만   중국   일본 
Jizzax (shahar) - Vikipediya

Jizzax (shahar)

O'zbekistondagi shahar, Jizzax viloyati markazi.

Jizzax ?? O?zbekiston Respublikasining Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning ma?muriy, iqtisodiy va madaniy markazi [1] .

Jizzax
shahar
Jizzax
Gerb
40°7′0″N 67°51′0″E ? / ? 40.11667°N 67.85000°E ? / 40.11667; 67.85000
Mamlakat O?zbekiston
Viloyat Jizzax viloyati
Hukumat
??? hokim Xolmurodov Komil Adhamovich
Ilk eslatilishi X asr
Maydon 49?km 2 (19?kv?mi)
Markazi balandligi 378 m
Iqlim turi Keskin-kontinental
Rasmiy til(lar)i o?zbekcha
Aholisi
 (2023)
188, 300
Zichligi 200 kishi/km 2
Milliy tarkib
Konfessiyaviy tarkib
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 72
Pochta indeks(lar)i 130100?? 130117
Avtomobil kodi 13 (1998?2008), 25?? 29 (2008)
Jizzax xaritada
Jizzax
Jizzax

Shahar Sangzor daryosi bo?yida, Nurota tizmasining shimoliy etaklarida, Mirzacho?l dashtining janubiy qismida, 460 m balandlikda, Toshkent-Samarqand temir yo?l va Katta O?zbekiston trakti yoqasida joylashgan. Maydoni 0,1 ming km² (49640 ga). 2023-yilning 1-aprel holatiga Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 1 483,1 ming kishini, Jizzax shahar aholisi esa 188,3 ming kishini tashkil etgan [2] .

Etimologiyasi tahrir

Eng mashhur versiyalardan biriga ko?ra, shahar nomi so?g?dcha ?Dizak“ so?zidan kelib chiqqan bo?lib, ?kichik qal’a“ degan ma?noni anglatadi [3] .

Tarixi tahrir

Yunon solnomachilari Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeologlar Gazo shahrining o?rnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni Samarqand va Toshkent oralig?ida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni qadimiy Jizzax deb taxmin qiladilar.

Jizzax O?rta Osiyodan o?tgan bir necha qadimiy karvon yo?lining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyohlaridan Ibn Havkal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud bo?lgan.

Jizzax IX?X asrlarda Somoniylar , XI?XIII asr boshida Qoraxoniylar , Xorazmshohlar davlati , XIV?XV asrlarda Temuriylar davlati, XVI?XVIII asr 1-yarmida Buxoro xonligi, XVIII asr 2-yarmidan 1866-yilgacha Buxoro amirligiga tobe bo?lgan.

Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. XVI?XVII asrlarda aholi hozirgi eski bozordagi O?ratepaga ko?chgan. XIX asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. XIX asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar XVI?XIX asrlarda ko?pgina tarixiy voqealarning guvohi bo?lgan. 1571-yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi to?qnashuvi shaharga ko?p talafot yetkazgan. 1866-yil 12?18-oktyabrda Jizzax qal?asi rus bosqinchilari tomonidan to?pga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916-yildagi Jizzax isyonida shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi beshafqat qirilgan.

Jizzaxda 1920-yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930-yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932-yil shahar elektr stansiyasi, 1942-yilda paxta zavodi, 1943-yilda qishloq xo?jaligi mashinalarini ta?mirlaydigan zavod, 1949-yilda yog?-pishloq zavodi, 1960-yilda O?zbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzacho?l va Qarshi cho?llarini sug?orish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971-yilda g?isht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, non zavodi, tikuvchilik fabrikasi mahsulot bera boshladi.

Geografiyasi tahrir

Shaharning maydoni taxminan 0,1 ming km² (49640 ga). Jizzax Sangzor daryosi vodiysida, Nurota tog?larining shimoliy etagida, Mirzacho?l dashtining janubida joylashgan.

Shahar Toshkentdan 180 km janubi-g?arbda, Samarqanddan 90 km shimoli-sharqda joylashgan. Jizzax shahri egallab turgan hudud Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani bilan chegaradosh.

Iqlimi tahrir

Iqlimi keskin kontinental. Yanvardagi o?rtacha harorat 1,5°, minimum?? 35°, iyulda o?rtacha haorat 28,5°, maksimum?? 46°.

Muassasalari tahrir

Shaharda 12 ta yirik sanoat korxonalari faoliyati olib bormoqda: ?Jizzaxdonmaxsulotlari“ AJ, ?Jizzax Akkumlyator Zavodi“ AJ, ?Jizzakh Textile“ MCHJ, ?Bo?ston olami“ MCHJ, ?Suvoqava“ DUK, ?O?zbekenergo“ DAK, ?O?ztransgaz“ AK, ?Toza Hudud“ DUK, Manbai" DUK, ?Jizzax-Toshtepa Tekstil“ MCHJ, ?Jizzax Akkumulyator Zavodi Distributor“ MCHJ, ?Master Building Products“ MCHJ. Jizzax shahrida 32 ta maktab, 155 ta maktabgacha ta?lim muassasasi, 51 ta kutubxona, 40 ta sog?liqni saqlash muassasasi va 12 ta masjid bor. Shuningdek, shaharda 69 ta qo?shma va xorijiy korxonalar va 1125 ta kichik sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Aholisi tahrir

Jizzax shahar aholisi 188,3 ming kishini tashkil etadi va uning milliy tarkibi: o?zbeklar (85,6%), ruslar (4,5%), tojiklar (2,0%), tatarlar (1,2%), qozoqlar (1,8%), qirg?izlar (0,7%) va boshqa millat (4,2%) vakillari.

Tarixiy yodgorliklari tahrir

Jizzaxda ?Sayhonsoy qoyatoshlari“dagi suratlar (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi tahmin etilayotgan ?Peshag?or g?ori“ madaniy qatlamlari, ikki ming?? ikki yarim ming yillik tarixga ega ?Mozorsoy yodgorliklari“, ?Jomonjar yer osti ehromlari“, qadimgi manbalarda tilga olingan Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq (1,2,3,4,5,6), Marsmanda, undanda qadimiyroq xitoy solnomalarida tilga olingan ?Yecha shahri“ qoldiqlari bo?lmish qadimgi qal’alar va shaharlar saqlanib qolgan.

Jizzax viloyatida ?Temir darboza“, ?Sa?d ibn abu Vaqqos“, ?Parpi ota“, ?Xo?jamushkent ota“, ?Novqa ota“, ?O?smat ota“, ?Said Burhoniddin Qilich“, ?Xo?jabog?bon ota“ kabi ko?plab ziyorat manzillari va qadamjolar bor.

2008-yilning 10-iyun holatiga Jizzax viloyati hududida jami 372 ta madaniy meros obyektlari, shundan 42 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 267 ta arxeologik manzilgohlar, 63 ta monumental yodgorliklar (haykallar, byustlar, hotira maydonlari) ?Davlat muhofazasi ro?yxatlari“ga kiritilgan.

Ta?limi tahrir

OTM tahrir

Jizzax politexnika instituti ;

Jizzax davlat pedagogika universiteti ;

Mirzo Ulug?bek nomidagi O?zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali [4] ;

Qozon federal universiteti ning Jizzax filiali [5] ;

Sambhram Universiteti Jizzax filiali [6] .

Litsey [7] tahrir

Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litsey;

Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi ?Sayiljoy“ akademik litseyi;

Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida 2-raqamli akademik litsey.

Kollej [8] tahrir

Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kolleji;

Jizzax tibbiyot kolleji;

Jizzax pedagogika kolleji;

Jizzax arxitektura-qurilish kasb-hunar kolleji;

Jizzax viloyat yuridik kolleji;

Jizzax shahar iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji.

Madaniyati tahrir

Sharof Rashidov memorial muzeyi.

Hamid Olimjon va Zulfiya memorial muzeyi.

O?lkashunoslik muzeyi.

Yunus Rajabiy nomidagi drama teatri.

Bolalar qo?g?irchoq teatri.

Sporti tahrir

Jizzax uzoq yillik sport an?analariga ega va professional sport faol rivojlanayotgan shahardir. Sportni rivojlantirish Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.

Futbol tahrir

Shaharda ?So?g?diyona“ futbol klubi bor (1970?1972 va 1975?1976-yillarda ?Jizzax“ deb nomlangan). U mezbon uchrashuvlarini 2015-yilda qayta qurilgan va hozirda 11650 tomoshabinga mo?ljallangan ko?p maqsadli arena?? ?So?g?diyona“ sport majmuasi stadionida o?tkazadi (sobiq ?Markaziy“ stadioni, ?Jizzax“ stadioni).

Mashhur shaxslar tahrir

Jizzaxdan ko?pgina mashhur kishilar: Sharof Rashidov ? Sovet partizan va davlat rahbari, yozuvchi. 24 yil davomida O‘zbekiston SSR rahbari, O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, Sergey Lebedev ? rus razvedkachisi, armiya generali, Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori (2000?2007), 2007-yil 5-oktyabrdan MDH Bosh kotibi, shoir Hamid Olimjon , Nurali Qobul , adib Sarvar Azimov , O?zbekiston xalq artisti Xosiyat Azimova, 1941?45-yillar urushi qahramonlari J. To?rayev, Ye. I. Ivanin, G.?M.?Gubarkov, Mehnat Qahramoni B. Pirmatov va boshqalar yetishib chiqqan. Shaharda ?Jizzax ovozi“ gazetasi muntazam nashr etiladi (adadi 2000).

Hokimlari tahrir

Qobilov Asror Askarovich (2009-yil martdan va 2016-yil 16-sentyabrga qadar);

To?xtayev Abduqahhor Xasanovich (16-sentyabr 2016-yil?? 27 aprel, 2017-yil) [9] ;

Rahmonqulov Akram Baritdinovich (2017-yil 27 aprel?? 2018-yil aprel) [10] ;

Shukurov Akbar Safarovich (2018-yil 5-apreldan boshlab) [11] ;

Xolmurodov Komil Adhamovich (2021-yil 19 yanvardan boshlab) [12] .

Galereya tahrir

Adabiyot tahrir

  • Haydarov H., Jizzax viloyati tarixi, T., 1996 [13] .

Manbalar tahrir

  1. ?Джизак: город-крепость на Шелковом пути“ . 2021-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi:?2021-yil 12-fevral.
  2. ?Jizzax viloyatida 1-aprel holatiga doimiy aholi soni“ (2023-yil 14-aprel). Qaraldi:?2023-yil 19-avgust.
  3. Bekchurin . Туркестанская область. Заметки Бекчурина , Kazan, 1872 ? 21 bet.  
  4. ?O?zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali“ .
  5. ?В Джизаке открылся филиал КФУ“ ?(ru). media.kpfu.ru . 2023-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi:?2023-yil 13-yanvar.
  6. ?Жиззах ша?рида ?индистоннинг Sambhram университети ташкил этилди“ (2021-yil 30-iyun). Qaraldi:?2023-yil 25-avgust.
  7. ?ZiyoNET?? Ta'lim muassasalari?? Litseylar“ ?(ru). institutions.ziyonet.uz . Qaraldi:?2021-yil 1-fevral. [ sayt ishlamaydi ]
  8. ?ZiyoNET?? Ta'lim muassasalari?? Kollejlar“ ?(ru). institutions.ziyonet.uz . Qaraldi:?2021-yil 1-fevral. [ sayt ishlamaydi ]
  9. ?Экс-хоким Ташкента стал хокимом Джизака“ . Газета.uz (2016-yil 16-sentyabr). Qaraldi:?2017-yil 28-iyul.
  10. https://www.gazeta.uz/ru/2016/09/16/jizzaxcity/
  11. https://www.gazeta.uz/ru/2018/04/05/jizzakh/
  12. https://jizzax.uz/5600-zhizzah-shariga-yangi-okim-tayinlandi.html
  13. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil