한국   대만   중국   일본 
Rossiya - Vikipediya

Rossiya

Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyodagi davlat
( Россия dan yo?naltirildi)

Rossiya ( ruscha : Россия ), Rossiya Federatsiyasi ( ruscha : Российская Федерация) ? Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3?km, dengiz chegarasi 38807,5?km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov ( Atlantika okeani ), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering , Oxota , Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan o?ralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi ? 144 million kishi (2024). Poytaxti ? Moskva shahri. Ma?muriy jihatdan 89 sub?yekt: 21 respublika Adigeya , Boshqirdiston , Buryatiya , Dog?iston , Ingushiya , Kabarda-Balkariya , Kareliya , Komi , Mariy El , Mordoviya , Oltoy , Saxa (Yakutiya), Tatariston , Tuva , Udmurtiya , Haqasiya, Checheniston , Chuvashiya , Shimoliy Osetiya , Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya , 6 o?lka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga bo?linadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000-yil Markaziy, Shimoliy-G?arbiy, Janubiy Volga bo?yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.

Rossiya Federatsiyasi
Российская Федерация
Madhiya : ?Rossiya Federatsiyasining Davlat Madhiyasi
Location of Rossiya
Poytaxt Moskva
Eng?katta?shahar Moskva , Sankt-Peterburg , Novosibirsk , Yekaterinburg , Nijniy Novgorod , Qozon , Samara , Omsk va boshqalar
Rasmiy?til(lar) Ruscha
Hukumat Aralash Respublika
Vladimir Putin
Mixail Mishustin
??Federatsiya kengashi raisi
Valentina Matviyenko
??Davlat dumasi raisi
Vyacheslav Valodin
??Oliy sud raisi
Vyacheslav Lebedov
??Konstitutsiyaviy sudi raisi
Valeriy Zorkin
Mustaqillik?( Sovet Ittifoqidan )
??Sana
24-avgust 1991
Maydon
??Butun
17,098,246?km 2 ( 1-o?rin )
??Suv?(%)
13 [1]
Aholi
??2022-yilgi ro?yxat
145,478,097 kishi (Qrim bilan) [2]
143,054,637 (Qrimsiz) [2] ( 9-o?rin )
?? Zichlik 8,36/km 2
YIM  ( XQT ) 2022-yil ro?yxati
??Butun
$ 1.777 trillion [3] ( 11-o?rin )
??Jon boshiga
$ 11,654 [3]
Pul birligi Rus Rubli ( RUB )
Vaqt mintaqasi UTC +2...+12
??Yoz?( DST )
UTC +2...+12
Qisqartma RU, RUS
Telefon prefiksi 7
Internet domeni .ru, .рф, .su

Davlat tuzumi

Rossiya ? boshqarishning respublika shakliga ega bo?lgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 12-dekabrda qabul kilingan. Davlat boshlig?i ? prezident (2000-yildan Vladimir Putin ), u umumiy, teng va to?g?ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo?li bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi ? 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.

Tabiat zonalari

Rossiya hududi meridian bo?ylab 2,5?4 ming km ga, g?arbdan sharqqa 9 ming km ga cho?zilgan. Mamlakatning eng g?arbiy nuqtasi Polsha bilan bo?lgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering bo?g?ozidagi Ratmanov orolda, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan bo?lgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf orolda, Rossiya hududining 45% o?rmon, 4% suv, 13% qishloq xo?jaligiga yarokli yerlar, 19% bug?u yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.

Relyefi

Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. G?arbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250?400 m li Valday, O?rta Rossiya, Volgabo?yi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar OkaDon, Kaspiybo?yi va boshqa payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog tizmasi, so?ng G?arbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oralig?ida O?rta Sibir yassitog?ligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va janbuida tog?liklar ko?proq. Yevropa qismida Katta Kavkaz tog?ining shim. yon bag?rida tizma tog?lar (Rossiyadagi eng baland nuqta ? Elbrus tog?i, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi tog? tizmalari ? Oltoy, Kuznetsk Olatovi, G?arbiy Sayan tog?lari, Tuva, Baykalbo?yi, Baykal ortidagi tog?lar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning jan. chegarasi bo?ylab o?tadi. Sibirning shim.sharqi (Verxoyansk va Cher tizma tog?lari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak tog?lari)da o?rtacha balandlikdagi tizmalar ko?proquchraydi. Tinch okean soxili bo?ylab cho?zilgan Kamchatka va Kuril orollaridagi tog?larda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.

Geologik tuzilishi

Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, G?arbiy Sibir plitasini, Janubiy Sibir, Verxoyansk-Chukotka burmali obl., Koryak yassitog?ligi, Kamchatka, Kuril orollari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qadimgi platformalar yuqori proterozoy davrigacha bo?lgan kristalli fundament (zamin)dan iborat bo?lib, dengiz tubidagi qad. cho?kindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, cho?kindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri o?rtalarigacha qad. platformalarni o?rab turgan burmali obl.lar o?rnida okean bo?lib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan obl.lar ? baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil bo?lgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan.

Ma?muriy hududiy bo?linishi

Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi federal davlat bo‘lib, 89 ta teng huquqli subyektlar - respublikalar, o‘lkalar, viloyatlar, federal ahamiyatga ega shaharlar, muxtor okruglar va muxtor viloyatdan iborat.

Mineral resurslari

Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega bo?lgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik ko?mir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17?18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70?75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan ko?prog?i, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shimoliy Kavkaz, O?rta va Janubiy Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk o?lkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharqda ruxqo?rg?oshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola yarim orolda qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.

Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shim.g?arbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq shim. da keskin kontinental, janubida musson iklim (qishi sovuq, qor kam yog?adi, yozi mo??tadil iliq). Qishda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron bo?ladi. Yanvarning o?rtacha temperaturasi Yevropa qismining g?arbida va Kavkaz shimoida 0?5°, Saxa sharqida ?40°, ?50°, jumladan, Oymyakonda ? 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, janubida issiq, iyulning o?rtacha temperaturasi G dan (Sibir shim.) 24?25° gacha (Kaspiybo?yi pasttekisligida) yetadi. Eng ko?p yog?ingarchilik Kavkaz tog?larida (yiliga 3200?mm gacha), Uzoq Sharq janubida (1000?mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining o?rmon zonasida (850?mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim cho?l joylarida juda oz ? yiliga 170?mm ga yaqin yog?in tushadi. Qor qoplami mamlakat janubida 60?80 kun davom etsa, Chekka shimoida 260?280 kunga boradi.

Ichki suvlari

Rossiyada uzunligi 10?km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Shimoliy Muz okeani havzasiga (Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va boshqalar), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va boshqalar), Atlantika havzasiga (Don, Kuban, Neva va boshqalar) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yog?och oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan ta?minlashda, ekinzorlarni sug?orishda katta ahamiyatga ega. Rossiyada 2 mln.dan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi chuchuk suv zaxirasining ?/5 qismi), Kaspiy dengizko?li, Ladoga, Onega, Taymir. Rossiyada 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va boshqa

Tuproq va o?simliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab o?zgaradi. Shimoliy Muz okeani orollari va Taymir yarim orol sohilida ibtidoiy arktika tuprog?i tarqalgan bo?lib, asosan siyrak lishaynik, mox va kup yillik gulli usimliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprog?i tarqalgan. O?simlik turi ko?p: mox va lishayniklardan tashqari past bo?yli butalar (pakana qayin va tol), har xil o?t, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uchraydi.

O?rmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar ? qoraqarag?ay, oqqarag?ay, kedr va qarag?ay o?rmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygato?ng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari ? sibir va dauriya tilog?ochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqarag?ay va oqqarag?ay o?sadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, G?arbiy Sibirda) botqoqlik ko?p. Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash o?rmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va tog?terak, eman, zarang, qayrag?och, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining chekka janubida eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar o?sadi. Sharqiy Yevropa va G?arbiy Sibirda qora va to?q kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qo?ng?ir, sho?rxok tuproqlar uchraydi.

Hayvonot dunyosi juda xilmaxil

Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming, shim. bug?usi, qutb boyqushi, tundra kakligi; o?rmon zonasida los, qo?ng?ir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Sharq janubida ussuri yo?lbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, to?ng?iz, qushlardan karqur, qur,^ qizilishton, bulduruq va boshqa yashaydi. O?rmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, mo?ynabop hayvonlarning, los, shim. bug?usining xillari ko?p. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi.

O?ziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saqlab qolish va urganish maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qo?riqhonasi (maydoni 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy bog? (maydoni 6,7 mln. gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, PechoraIlich, Teberda va boshqa

Aholisi

Rossiyada 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. Rossiyaning asosiy aholisi ? ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shimoliy Kavkaz, Ural va Sibir janubida ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada belaruslar, Krasnoyarsk o?lkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy o?lkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar o?lkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar o?lkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol o?lkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, o?zbeklar (1994-yilda 58 ming), gurjlar, qozoqlar va boshqa yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimoida karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, O?rta Volga bo?yida mari, udmurt va mordvalar, Volgabo?yining boshqa joylari va Janubiy Uralda turkiy tillarda so?zlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qo?miq, no?g?aylar Shimoliy Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar, mongol tilida so?zlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi.

Davlat tili ? rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari ? musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va boshqa Yirik shaharlari: Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqa

Tarixi

Rossiya hududida o?rta paleolit davrida, milodgacha 100?35 ming i. avval Quyi Volga, O?rta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo bo?lgan. So?nggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan o?tib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3?2ming yilliklarda Shimoliy Kavkazda jez, Ural, G?arbiy Sibir, Yuqori Volga bo?ylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, o?rmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud bo?lgan. Mil. 3-asrda Sharqdan ko?chmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4?8-asrlarda Shimoliy Kavkazda alanlar birlashgan. 552?745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov bo?yida Buyuk Bulg?oriya davlati paydo bo?ldi, ammo bulg?orlar Xazar xoqonligidan mag?lubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari bo?yiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo bo?ldi, O?rta Volga bo?yi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining o?rta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirg?izlar davlati, 8-asr ? 10-asr boshlarida Uzok. Sharqda Boxay davlati hukm surdi.

9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qadimgi Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi ? Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga ko?maklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132-yil)dan so?ng Qadimgi Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga Sharqsan mo?g?ullar, G?arbdan shvedlar va olmonlar hujum qildilar. 1223-yil rus knyazliklari mo?g?ullar bilan Kalka daryosi bo?yidagi urushda mag?lubiyatga uchradi. 1236-yil mo?g?ullar VolgaKama Bulg?oriyasini, 1237-yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240-yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qo?shinlari o?sha yili Neva urushida shvedlarni, 1242-yil Muz ustidagi urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida mo?g?ullar zulmi ostida qoldi.

14-asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u mo?g?ullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi bo?lib qoldi. 1380-yilgi Kulikovo urushida Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qo?shinlarining mo?g?ul ko?shinlari ustidan qozongan g?alabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati 15-asr oxiri ? 16-asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. 1478-yil Novgorod, 1485-yil Tver, 1510-yil Pskov, 1514-yil Smolensk, 1521-yil Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qo?shib olindi. 1480-yil mo?g?ullar zulmi barham topdi.

Birinchi rus qiroli Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533?84; 1547-yildan qirol) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qo?shib olindi, shu tarika Ural orti va G?arbiy Sibirni zabt etish uchun yo?l ochildi. 17-asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qo?shib olindi. 15-asr oxiri ? 16-asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, "Rossiya" degan nom tarqala boshladi.

G?arbda Boltiqdengiziga chiqish uchun bo?lgan Livon urushiiing cho?zilib ketishi (1558?83) natijasida mamlakat 16-asr oxiri ? 17-asr boshlarida og?ir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qo?zg?olonlar bo?lib o?tdi (eng kattasi Bolotnikov ko?zg?oloni). Boyarlar va dvoryanlar o?rtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yildan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning og?ir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604-yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qo?shinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612-yil K. Z. Minin va Dmitriy Mixailovich Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning g?arbiy va shim.g?arbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qo?l ostida qoldi. 1613-yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi.

17-asrdan Rossiya o?z tarixida yangi bosqichga o?ta boshladi. 17-asr oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tug?ildi. Bu o?zgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-asr oxiri ? 18-asr 1choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shimoliy urush yillari (1700?21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik g?alabalar qo?lga kiritildi. Rossiyaning Boltik dengiziga chiqishi uchun yo?l ochildi. 1721-yil mamlakat Rossiya imperiyasi deb e?lon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez o?sdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta o?zgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, G?arbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, Fanlar Akademiyasi ta?sis etildi (1725), yangi kalendarga o?tildi (1700). 18-asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762?96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini ko?paytirish maqsadida 1764-yil cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qo?zg?oloni va boshqa ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab bo?ldi.

Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yo?llariga bo?lgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan bo?lgan urushlarda Rossiya g?alabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirg?og?i Rossiya imperiyasi tasarrufiga o?tdi. Chegara Dnestr daryosi bo?ylab belgilandi. 70?90-yillarda Ukrainaning o?ng qirg?og?i va Belarus batamom Rossiyaga qo?shib olindi.

19-asr boshlarida Aleksandr I imperator bo?lgan davr (1801?25)da bir qancha islohotlar o?tkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yo?li bilan 1801-yil Sharqiy Gurjiston, 1809-yil Finlandiya, 1812-yil G?arbiy Gurjistonning bir qismi va Bessarabiya Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806?07 yillarda Rossiya Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812-yil Napoleon armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi, o?sha yil 26-avgust (7-sentabr)dagi Borodino urushida fransuz qo?shinlari katta talafot ko?rdi va chekindi. 1814?15 yillardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi Rossiya imperiyasiga o?tdi.

Ma?rifatchilik g?oyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi Fransuz inqilobining ta?siri, rus armiyasining 1813?14 va 1815-yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy o?zgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo bo?ldi. 1816?23 yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini ko?zlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shimoliy va Janubiy jamiyat a?zolarining qurolli isyonlari (1825-yil dekabristlar qo?zg?oloni) bostirildi. Kavkaz urushining cho?zilib ketishi va unda Shimoliy Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik ko?rsatishi, 1853? 56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag?lubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar o?tkazishga majbur bo?ldi. Jumladan, 1861-yil dehqonlar isloqoti o?tkazilib, 17-asr o?rtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860?70 yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yo?l ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozog?iston va O?rta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini o?rnatdi.

19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70?80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjaviyeni ag?darib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881-yilda "Xalq irodasi" tashkiloti a?zolari tomonidan Aleksandr II o?ldirildi.

19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903-yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga bo?lindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon urushidagi mag?lubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905? 07 yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga o?ta boshladi; Davlat dumasi ta?sis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17-oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914?18 yillardagi Birinchi jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917-yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan bo?ldi. Bu inqilob samoderjaviyeni ag?darib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917-yil 1-sentabrda Rossiya respublika deb e?lon qilindi. 1917-yil 25-oktabrda Oktabr inqilobi sodir bo?ldi. Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati e?lon qilindi. 1918-yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 ?22 yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi o?rnatildi. 1921-yil "yangi iqtisodiy siyosat" e?lon qilindi. 1922-yil 30-dek.da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belarus va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xo?jaligini kollektivlashtirish og?irligini, 20?40-yillardagi ommaviy qatag?onlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ikkinchi jahon urushidagi g?alabaga, 60?70-yillardagi Texnika inqilobiga katta hissa qo?shdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iktisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Ko?p jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga bo?lgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yo?qligi, butun jamiyatda to?rachilik avj olganligi va boshqa illatlar o?z ta?sirini ko?rsatdi. 1985-yil "qayta qurish" siyosati e?lon qilindi. Biroq tez orada ro?y bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990-yil 12-iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti to?g?risida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 25-dek.da RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991-yil martida RSFSR prezidenti lavozimi ta?sis etildi (1991-yil iyunda Boris Yeltsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991-yil avgust bo?hronidan keyin o?sha yil dekabrda RSFSR, Belarus va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdo?stligi (MDH) tuzilganini e?lon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi bo?lib qoldi. 1992-yil yanvarda ma?muriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o?tish maq^ sadini ko?zlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi e?lon qilindi. Islohotni o?tkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari ro?y berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993-yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. O?sha yil dekabrda Federal majlisga saylov o?tkazildi. 1996-yil B. Yelsin 2navbatga prezident etib saylandi. 2000-yilda prezident lavozimiga saylangan V. Putin yo?l qo?yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini ko?ra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini O?zbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya ? SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari o?rnatgan. Milliy bayramlari ? 12-iyun ? Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7-noyabr ? Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12-dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003-yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992-yil ro?yxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001-yil tashkil etilgan; "O?ng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001-yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993-yil ro?yxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari ? tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat ko?rsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi ko?pgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Xo?jaligi

Rossiya ? industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (Shim., Shim.G?arbiy, Markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Volgabo?yi, Shimoliy Kavkaz, Ural, G?arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga bo?lingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, qishloq xo?jaligi ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika ta?minoti, tayyorlov va boshqa tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir qatorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.

Sanoati

Rossiya kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral o?g?it, gazlama, po?lat, prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o?rinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilg?ienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning ko?p qismi Volgabo?yiUral regionida, G?arbiy Sibir, Rossiya Yevropa qismi shim., Saxalin va boshqa joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft", "Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. Rossiyada qazib olingan neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari bo?yicha Rossiya dunyoda 1o?rinda (32% dan ko?proq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni ta?minlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. ? 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat ishlab chiqarishga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik ko?mir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, KanskAchinsk, Janubiy Yakutiya havzalari Rossiyaning eng yirik kumir konlaridir. Rossiyada 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi ko?mir qazib olish bilan shug?ullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fabrikasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir Rossiyada elektr va issiklik energiyasi ishlab chiqarishning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001-yil Rossiyada 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar Rossiya tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini Rossiya energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral o?g?it, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar ? Perm viloyati, Kola yarim orol, Tatariston, Boshqirdiston, G?arbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, iste?molchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati), "Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ug?it" (Moskva viloyati), "Era" va "Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va boshqalarlar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va G?arbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qo?rg?oshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqa Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari Rossiyaning hamma iqtisodiy rnlarida mavjud. 20-asr oxiri ? 21-asr boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar ishlab chiqarishni ko?paytirdi. Rossiyaning 72 sub?yektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va tashkiloti bor. Dunyodagi yog?och zaxiralarining 22% Rossiyaga to?g?ri keladi. Rossiya o?rmon sanoati yog?och tayyorlash, yog?ochsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yog?och kimyosi tarmoklarini uz ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shimoliy Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir.

Yengil sanoatda to?qimachilik yetakchi o?rinda. Uning yirik markazlari bo?lgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver shaharlarida ip, zig?ir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rayonlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Go?sht, sariyog?pishloq, konserva, qand, yog? zdlari qurilgan. Shimoliy va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.

Qishloq xo?jaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shimoliy Kavkaz, Ural va G?arbiy Sibir iqtisodiy rnlariga to?g?ri keladi. Qishloq xo?jaligi yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: g?alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zig?ir va boshqa Volgabuyi, Shimoliy Kavkaz, G?arbiy Sibir, Ural va Markaziy rayonlarda bug?doy, Shim., Shim.G?arbiy va Markaziy rayonlarda zig?ir, Shimoliy Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rayonlarda kungaboqar, Markaziy va Shimoliy Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rayonlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sug?oriladi (asosan, Shimoliy Kavkaz va Volgabuyida).

Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, G?arbiy Sibir, Shimoliy Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rayonlarda qoramol ko?proq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va cho?chqachilik, Chekka shimoida bug?uchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Ko?pgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xo?jaligida ham islohatlar o?tkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi.

Transporti

Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yo?li uzunligi ? 139 ming km (86 ming km magistral temir yo?l), qattiq qoplamali avtomobil yo?llari uzunligi ? 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yo?llari uzunligi ? 84,6 ming km (Belomor?Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga?Don kanali, Volga? Boltiqsuv yo?li va boshqalar), magistral neft va gaz quvurlari uz. ? 213 ming km. Transport yo?lilarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yo?l transportiga to?g?ri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi ? 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yo?llari kesishgan shaharlar: Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar o?rtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qo?yilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg shaharlarida metropoliten kurilgan.

Tashqi savdosi

Rossiya ? dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega bo?lgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, to?qimachilik mahsulotlari va boshqa eksport qiladi. Chetdan elektronika, ro?zg?or texnikasi, xalq iste?mol mollari, qishloq xo?jaligi mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq bo?yi mamlakatlari, Italiya , AQSH , Buyuk Britaniya , Olmoniya , Polsha , Niderlandiya , Turkiya , Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi ? rubl .

Tibbiy xizmati

Aholining sog?lig?ini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning o?rtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi bo?lib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 o?rin to?g?ri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy o?quv yurtlarida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniyma?rifiy muassasalari

Rossiyada ta?limning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000-yilda kabul etilgan Rossiya Federatsiyasi Milliy ta?lim doktrinasi va 2010-yilgacha bo?lgan davrda ta?limni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy ta?lim maktabi yosh avlodga ta?lim va tarbiya berishning asosiy bo?g?ini bo?lib qoladi. 2000-yil mamlakatda 68804 maktab bo?lib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming o?qituvchi 20879 ming o?quvchiga ta?lim beradi. Rossiyada hunartexnika ta?limi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000-yilda 2589 davlat o?rta maxsus o?quv yurtida 2312 ming o?quvchi ta?lim oldi. Oliy o?quv yurtlari tarkibiga unt, o?quv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 o?quv yili Rossiyadagi 965 oliy o?quv yurtida 4742 ming talaba o?qidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy o?quv yurtida 471 ming talaba ta?lim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari, Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi, Rossiya ta?lim akademiyasi, qishloq xo?jalik Fanlar Akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.

Rossiyada 130 mingdan ko?proq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000-yil mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli , Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, "Spassk Lutovinovo", "Tarxanlar" va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi

Rossiyada 5758 nomda gazeta nashr etiladi; shundan 333 tasi umumrossiya gazetalari bo?lsa, qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, o?lka va viloyatlar, okrug, shaqar, tumanlar miqyosida chiqadigan va tarmoq gazetalari va boshqa Eng yiriklari: "Izvestiya" ("Axborot", 1917-yildan), "Pravda" ("Haqiqat", 1912-yildan), "Trud" ("Mehnat", 1921-yildan), "Komsomolskaya pravda" ("Komsomol haqiqati", 1925-yildan), "Nezavisimaya gazeta" ("Mustaqil gazeta", 1990-yildan), "Obshaya gazeta" ("Umumiy gazeta", 1997-yildan), "Novie izvestiya" ("Yangi xabarlar", 1997-yildan), "Selskaya jizn" ("Qishloq hayoti", 1918-yildan), "Ekonomicheskaya gazeta" ("Iqtisodiy gazeta", 1918-yildan), "Uchitelskaya gazeta" ("O?qituvchilar gazetasi", 1924-yildan), "Literaturnaya gazeta" ("Adabiyot gazetasi", 1925-yildan). 2781 nomda jurnal chiqariladi; eng yirik adabiy jurnallar: "Noviy mir" ("Yangi dunyo", 1925-yildan), "Znamya" ("Bayroq", 1931-yildan), "Oktabr" (1924-yildan), "Inostrannaya literatura" ("Xorijiy adabiyot", 1955-yildan), "Novoye vremya" ("Yangi davr", 1943-yildan; 1899?1943-yillarda "Ogonyok"), "Rabotnitsa" ("Ishchi ayol", 1923-yildan), "Krestyanka" ("Dehqon ayol", 1922-yildan) va boshqa

Rossiya davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya "Novosti" axborot agentligi, "Interfaks" axborot agentligi faoliyat yuritadi.

Adabiyoti

Xalq qo?shiqlari asosidagi og?zaki ijod 11 ? 17-asrlarda yuqori bosqichga ko?tarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qo?shiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.

Qadimgi rus adabiyotining (10-asr oxiri ? 17-asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. "Igor polki urushnomasi" 12-asr oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14?15-asrlarda ko?pgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi ("Novgorodlik va suzdalliklar urushi haqida afsona", Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, "Smolensklik Merkuriy qissasi", "Temur haqida qissa" va boshqalar). 15?16-asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy e?tibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga o?tdi. 18-asrda qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy she?riyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin she?rlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yo?nalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va boshqa ijodida namoyon bo?ddi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning an?analarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-asrning 40-yillarida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va boshqa ijodi). L. Tolstoy "Urush va tinchlik" romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy o?zgarishlarni aks ettirdi. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. So?ng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo bo?ldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqa ijodi adabiyotni g?oyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik she?riyatini yuqori pog?onaga ko?tardi. 20-asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda ko?pchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush manzaralari keng ko?lamda aks ettirildi. 50-yillarning o?rtalarida shaxsga sig?inish qoralanishi tufayli boshlangan "iliqlik" davrida V.D.Odinsevning "Nonning o?zi rizqro?z emas" romani, V.V. Ovechkinning "Rayonning oddiy kunlari" qissasi, A.Ya.Yashinning "Pishanglar" hikoyasi, P.F. Nilinning "Shafqatsizlik" va "Sinov muddati" qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, to?rachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy "iliqlik" haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar o?rtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Ko?pgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatag?onlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan bo?lsa, "qayta qurish" davrida Rossiyada ham dunyo yuzini ko?rdi. "Qayta qurish" davrida "fosh qiluvchi" asarlar ko?plab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobig?iga sig?maydigan asarlar (Bulgakovning "It yurak" qissasi, Pasternakning "Doktor Jivago" romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va boshqa adiblarning asarlary) ham nashr etildi.

Me?morligi va tasviriy san?ati

Qadimgi rus san?ati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qo?shni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati ta?sirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030?40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045?50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036-yilga oid qo?lyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12?13-asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona san?ati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga ko?tarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning o?ziga xos shakli ? chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlog?idagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi. 14-asr oxiri ? 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pog?onaga ko?tarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy san?ati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shimoliy Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar ko?plab kurildi, metallni badiiy ishlash san?ati yuksak darajaga kutarildi.

18-asr ? 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan ko?pgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari G?arbda ta?lim oldi. 1757-yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka e?tibor kuchaydi, rus me?morligi G?arbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. Matvey Kazakov , Andrey Nikiforovich Voronixin, Andreyan Zaharov, Karl Rossi kabi atokli me?morlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy san?atida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy san?atida salmoqli o?rin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zo?r mahorat bilan ifodaladi. 19-asr o?rtalarida maishiy janr yuksala bordi. Me?morlik bilan hamohang tarzda amaliy san?at ham rivojlandi. Yog?och o?ymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf bo?ldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, ko?p qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy san?at rivoj topdi: Ilya Repin , Ivan Kramskoy , Nikolay Yaroshenko, Sergey V. Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.

1917-yil oktabr to?ntarishi san?at ahlini ikkiga bo?lib yubordi. Kazimir Malevich, Yevgeniy Lansere o?zlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. Aleksandr Benua, Konstantin Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saqlash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan san?at asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yo?q qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish rag?batlantirildi. Me?morlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda Ikkinchi jahon urushida vayron bo?lgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, me?morlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xo?jaligi yutuqlari ko?rgazmasi kabi mahobatli inshootlar, me?moriy majmualar, ko?p qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yig?ma temirbeton va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanishga o?tiddi.

Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, Fyodor Reshetnikov, Arkadiy Plastov, portret janrida Martiros Saryan, Viktor Oreshnikov, karikaturada Boris Prorokov, Kukrinkslar, Vitaliy Goryayev, estampda Georgiy Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda Nikolay Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yog?ochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak o?ymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdo?zlik kabi turlari rivojlandi.

Musiqasi

Qadimgi rus musiqasi o?z mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga ko?ra xilmaxil bo?lib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qo?shiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan ko?p ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari ? gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqa Skomoroxlar san?ati xalq ijodiga yaqin bo?lgan. 10-asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi o?zlashtirildi. 17?18-asrlarda cherkov xonandaligida ko?p ovozlilik paydo bo?lishi bilan birga ko?p ovozli dunyoviy qo?shiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo bo?ldi. Ye. Fomin, V. Pashkevich, I. Xandoshkin, D. Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi.

19-asrning 2choragida Mixail Ivanovich Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga ko?tardi. Uning an?analarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859-yil A. Rubinshteyn tashabbusi bilan Peterburgda Rossiya musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning "Qudratli tuda" ijodiy guruhi (M.Balakirev, Aleksandr Borodin , Modest Musorgskiy , Nikolay Rimskiy-Korsakov va boshqalar)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. Pyotr Chaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari 19-asr jahon musiqasi rivojida muhim bosqich bo?ldi. Sergey Raxmaninov , Aleksandr Skryabin ijodi 20-asr boshlariga to?g?ri keldi. Ular ketidan yetishib chiqqan. Sergey Prokofyev , Dmitriy Shostakovich , Nikolay Myaskovskiy, Aram Xachaturyan , Tixon Xrennikov va boshqalar turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-asr boshlarida ijrochixonandalar Fyodor Shalyapin , Leonid Sobinov, Antonina Nejdanova, pianinochilar F. Safonov, Konstantin Igumnov, Genrikh Neygauz, skripkachi Leopold Auer, 20-asrning 2-yarmida dirijyorlar ? Ariy Pazovskiy, Nikolai Golovanov, Yevgeniy Mravinskiy, Yevgeniy Svetlanov, Gennadiy Rojdestvenskiy, Samuil Samosud, pianinochilar ? Emil Gilels , S. Rixter, skripkachi ? David Oystrax , Leonid Kogan , Viktor Viktorovich Tretyakov, Vladimir Teodorovich Spivakov, violonchelchilar ? Daniil Borisovich Shafran, Y. Rostropovich, Natalya Gutman, xonandalar ? N.A. Stepanova, Yelena Vasiliyevna Obrazsova, Ivan Semyonovich Kozlovskiy, Sergey Yakovlevich Lemeshev, Vladimir Andreyevich Atlantov va boshqa mashhur bo?ldilar. 20-asrning oxirgi o?n yilliklarida Rossiya Shchedrin, Andrey Pavlovich Petrov, Boris Tishchenko, Edison Vasilievich Denisov, Sofiya Asgatovna Gubaydulina, Alfred Garriyevich Shnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. Georgiy Sviridov rus mumtoz musiqasi an?analarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qo?shigi deb atalgan yo?nalish (Bulat Shalvovich Okudzhava, Aleksandr Arkadievich, Vladimir Visotskiy , Yuriy Vizbor) shuhrat qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qo?shiqchilar orasida Iosif Davidovich Kobzon, Lyudmila Zikina , Aleksandr Borisovich Gradskiy, Alla Pugachyova , Filipp Bedrosovich Kirkorov, Yuri Mixailovich Antonov, Lev Leshchenko, Viktor Tsoy , Larisa Dolina , Valery Leontyev va boshqa bor. Ikkinchi jahon urushi yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan Dmitriy Shostakovichning "Leningradnoma" simfoniyasi ilk bor (1942-yil 22-iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat ko?rsatgan Moskva o?zbek opera studiyasi o?zbek milliy opera san?ati kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qo?shgan.

Turli davrlarda Leonid Vitalyevich Sobinov, Antonina Nejdanova kabi opera solistlari, Lev Nikolayevich Oborin, Grigory Romanovich Ginzburg, Mstislav Rostropovich , Garri Grodberg, Daniil Shafran, Yuriy Abramovich Bashmet, Leonid Kogan singari sozandalar, Dmitriy Shostakovich, Aram Xachaturyan , Tixon Xrennikov kabi kompozitorlar, Zara Doluxanova, Irina Konstantinovna Arxipova, Tamara Andreyevna Milashkina, Iosif Davidovich Kobzon, Alla Borisovna Pugachyova singari xonandalar, Vladimir Spivakov rahbarligidagi "Moskva virtuozlari" kamer orkestri, Yevgeniy Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, "Katta teatr" xonanda va raqqosalari va boshqa O?zbekistonda gastrolda bulishgan.

Teatri

Teatr san?ati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq o?yinlari, bayramlar bilan bog?liq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048-yil yilnomalarda tilga olingan). 1648-yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qo?ydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi ko?rinishlar bo?lgan). Skomoroxlarning an?analarini qo?g?irchoq teatri davom etgirdi.

16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo bo?ddi. 1703-yil qirol Petr I ning buyrug?i bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar ko?rsatildi. 18-asr boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi bo?ldi. 1776-yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780-yil Petr teatri, 1776-yil Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824-yil Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832-yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.

1812-yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida William Shakespeare, Friedrich Shiller , Denis Fonvizin , Vasiliy Kapnist, Ivan Krilov , Vladislav Ozerov asarlari ko?rsatildi. Ko?ngilochar tarjima asarlarini Aleksandr Griboyedov , Nikolay Gogol , Aleksandr Pushkin , Aleksandr Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. Glikeriya Fedotova, Aleksandr Yujin, Vladimir Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri ko?tardilar. 1898-yil Konstantin Stanislavskiy bilan Vladimir Nemirovich-Danchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yo?nalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri ? 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Ko?pchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat bo?lgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz bo?ldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida ko?pgina teatrlar sharqqa ko?chirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr san?atining rivoji notekis va ziddiyatli bo?ldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi ko?pgina teatr jamoalari, ayrim san?at arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli ta?sir qildi.

50-yillar oxiri ? 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo bo?ddi. Fyodor Dostoyevskiy , Lev Tolstoy , Anton Chexov , Jan Molyer pyesalari bilan bir qatorda Boris Vasilyev, Fyodor Abramov, Vasiliy Shukshin, Vladimir Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan o?zgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yuriy Lyubimov, Georgiy Tovstonogov, Leonid Xeyfets, Ruben Simonov, Pavel Xomskiy, Yuriy Yeryomin kabi rejissorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zo?r mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan ? Yuliya Borisova, Kirill Lavrov, Innokentiy Smoktunovskiy, Mixail Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qo?shdilar. Rossiyada opera va balet san?ati, shuningdek, qo?g?irchoq teatri, sirk san?ati ham rivojlangan. Yuqorida sanab o?tilgan teatrlardan tashqari Moskvada Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, Arkadiy Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada Sergey Obrazsov nomidagi qo?g?irchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr san?ati akademiyasi, Boris Shchukin nomidagi, Mixail Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada san?ati bilim yurti va boshqa o?quv yurtlarida tayyorlanadi.

Kinosi

1908-yildan Sankt-Peterburgda Aleksandr Drankovning, Moskvada Aleksandr Xanjonkov va Iosif Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qo?shikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rejissor Vladimir F. Romashkov, 1908; "Sevastopol mudofaasi", rejissor Vasiliy Mixailovich Goncharov va Aleksandr Alekseyevich Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda "Dvoryanlar uyasi" (rejissor V.RossiyaGardin), "Qarg?a motkasi" (rejissor Yakov Protazanov ) filmlari suratga olindi. 20?30-yillarda rejissorlardan Sergey Eyzenshteyn , Aleksandr Ivanovskiy, G. Roshal, Vsevolod Pudovkin, Dziga Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yo?llanma" nomli birinchi ovozli badiiy film (rejissor N. Ekk) 1931-yil yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rejissor Eyzenshteyn), Petr 1 (rejissor Vladimir Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "Volga Volga" (rejissor Grigoriy Aleksandrov), "Traktorchilar" (rejissor I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining ko?pchilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bag?ishlandi ("U vatanni himoya qiladi", rejissor Fridrix Ermler; "Turnalar uchmokda", rejissor Mixail Kalatozov; "Inson takdiri", rejissor Sergey Bondarchuk; "Olovning bo?ysundirilishi", rejissor Daniil Xrabrovitskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta o?rin olib keldi. Jumladan, Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" (1970, rejissor L.A.Kulijanov), Maksim Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rejissor Yuriy Solovyev) va "Vassa" (1983, rejissor Gleb Panfilov), Mixail Bulgakovning "Qochish" (1971, rejissor A.Alov, V. Naumov), Chexovning "Dasht" (1977, rejissor S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni" (1980, rejissor Nikia Mixalqov), Aleksey Tolstoyning "Petrning yoshligi" (1981, rejissor Sergey Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rejissor V. Menshovning "Moskva ko?z yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va ma?naviy yo?nalishga e?tibor kuchayganidan darak berdi. 60?80-yillarda G.Chuxray, Vasily Shukshin , Gleb Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rejissorlar barakali ijod qildilar. 90-yillarda voyaga yetgan rejissorlar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yo?llarni izlay boshladi. Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.

Rossiyada " Mosfilm ", "Lenfilm", "Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm" studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissor, operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rejissorlar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov Don, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.

O?zbekiston-Rossiya munosabatlari

O?zbekiston ? Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin O?rda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan O?rta Osiyo o?rtasida elchilik munosabatlari o?rnatishga harakat boshlandi. Masalan, 1464-yil Rus hukumati o?z elchilarini bu yerga yubordi. 1490-yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr o?rtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qo?shni bo?lib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.

16-asrning 2-yarmi, 17?18-asrlarda ikki o?rtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida ko?rsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qo?qon xonliklaridan elchilar savdosotiqni ko?paytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai bo?lib qoldi. O?rta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yo?lga qo?yiddi. 1917-yil oktabr to?ntarishidan keyin O?zbekiston ? Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yo?lida amalga oshiriddi.

20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat o?rtasida teng huquqli aloqalar o?rnatila boshladi. O?zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004-yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003-yillarda O?zbekistonda bo?lgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat o?rtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998?2007-yillarga mo?ljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan O?zbekiston Respublikasi o?rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo?yicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yo?nalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xo?jalik yurituvchi sub?yektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, O?zbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga ko?maklashish bilan shug?ullanadi. 2003-yil O?zbekiston bilan Rossiya o?rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AQSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yog?och, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli O?zbekiston Respublikasi da 520 ta qo?shma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% bo?lgan o?nlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, to?qimachilik, yog?ochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xo?jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa o?z vakolatxonalariga ega. Rossiyada o?zbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qo?shma korxona bor. Rossiya sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. O?zbek gazini Rossiya orqali o?zga davlatlarga o?tkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida o?zaro hamkorlik yo?lga qo?yilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "O?zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi o?rtasida strategik hamkorlik qilish to?g?risida hamda "O?zbekneftgaz" bilan "LUKoyl" o?rtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea bo?ldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan O?zbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular O?zbekiston Respublikasi xo?jalik yurituvchi sub?yektlari bilan o?zaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "O?zavtoyo?l" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.

Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish to?g?risidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish bo?yicha olimlar hamkorligi bunga misol bo?ladi. Ikki mamlakat Fanlar Akademiyasilari va ularning intlari ilmiy aloqalari yo?lga qo?yilgan. 2001-yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan O?zbekiston Badiiyot akadimyasi o?rtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va ko?rgazmalar o?tkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va san?at, xususan, tasviriy va amaliy san?at vakillari o?zaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003-yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa o?zbek rassomlarining ko?rgazmalari uyushtirildi. 1997-yildan boshlab O?zbekiston Badiiyot akadimyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili o?tkaziladigan nufuzli xalqaro ko?rgazmaning doimiy ishtirokchisidir. O?zbekistondagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan?Rossiya" do?stlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi. [4]

Mamlakat tuzilishi

Rossiyaning davlat tuzulishni 1993-yil qabul qilingan Konstitutsiyaga asosan belgilanadi.

Davlat boshlig?i Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ? hamda oliy harbiy qomondon hisoblanadi ? 4 yilga saylov asosida saylanadi.

Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat bo?lib Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasidan iborat. Prezident davlat dumasini ishdan chetlash huquqiga ega.

Davlat dumasini yarimi bir mandatli okruglar tizimi bo?yicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa, partiya ro?yxatlari bo?yicha (2006-yil 7-dekabrdan boshlab partiya ro?yxatlari bo?yicha)


Manbalar